DTPI vakili Barnauldagi IV Xalqaro Altaistika forumida ishtirok etdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri Mamajanov Raxmatilla Yakubjanovich hozirda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. U 2025-yil 15–16 sentyabr kunlari Barnaul shahrida o‘tkazilgan IV Xalqaro Altaistika Forumida “Slavyan-turk dunyosi Buyuk Altay hududida: tarix va zamonaviylik” mavzusida ishtirok etdi.
Mazkur tashrif Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Altay Davlat Universiteti o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Institutlar o‘rtasida Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha 1+1 magistratura qo‘shma dasturi ham faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistratura bosqichi talabalari Altay Davlat Universitetida o‘qishni boshladilar.


Manba: dtpi.uz