DTPIda “Yashil makon” barpo etilmoqda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev hamda institut bog‘boni “Quyoshli yurt” mahallasidagi Oybek Sattorov issiqxonaga tashrif buyurib, u yerda yetishtirilayotgan turli xil ko‘chat va gul turlarining parvarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida issiqxonada yaratilgan sharoitlar, o‘simliklarni parvarishlash va ko‘paytirish tajribalari o‘rganilib, mazkur tajribalarni institut hududida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi obodonlashtirish ishlariga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada go‘zal va ekologik jihatdan sog‘lom saqlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.





Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)