Giyohvandlik-xalqaro xavfsizlikka tahdid
Bugun ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari o‘z g‘oyalarini zo‘ravonlik bilan emas, “Iymonlashuv”, “Dinni o‘rgatish”, “Haq yo‘l” degan niqob ostida tarqatmoqda.
DTPI Filologiya fakultetida yoshlarning turli oqimlar, aldovlar ta’siriga tushib qolmasliklarining oldini olish maqsadida suhbat tashkil etildi.
Agar talabalar yoki yaqinlaringiz shunday sahifalar, guruhlar yoki shaxslarga duch kelgan bo‘lsa, befarq qolmang. Zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling, aldov qurboni bo‘lmasliklarini tushuntiring.
Bugun xalqaro terroristik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali turli bahonalar bilan mazlumlarga yordam berishni ro‘kach qilib yoki soxta xayriya aksiyalarini tashkil etish yo‘li bilan, o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida pul yig‘ishmoqda. Ogoh bo‘laylik.



Manba: t.me/dtpi_uz/54666