“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar ishtirokida ko‘chat ekildi
Bugun, 27 oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida shoir va yozuvchilar, adiblar ta’lim muassasasining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jarayon davomida ijodkorlar Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab hamda Shoira Shams ekilgan nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashini ta’kidlab o‘tishdi.



Manba: dtpi.uz