Pedagogika fakultetida oilaviy zo‘ravonlikdan himoyalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 22-oktyabr kuni Pedagogika fakultetida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda bu borada talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Oilaviy zo‘ravonliklar va ulardan himoyalanish” mavzusida ma’rifiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda DTPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, psixologlar D.Xolmo‘minova va R.Xushboqov, Denov tuman IIB profilaktika inspektori O.G‘ulomov, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida soha mutaxassislari jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, oilaviy munosabatlarda huquq va mas’uliyat, shuningdek, tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan huquqiy va psixologik yordam mexanizmlari hamda “Himoya orderi”ning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.




Manba: dtpi.uz