Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar” mavzusida Xotin-qizlar maslahat kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasasining barcha ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tyutorlari va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari ishtirok etib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni kelishib oldilar.

Tadbir davomida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, institut rektori O.Ruziyev yangi o‘quv yilida jamoadagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda mehnat samaradorligini yanada yaxshilash yuzasidan o‘zining amaliy tavsiyalarini berdi.

Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova ayollarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning qonuniy huquq va manfaatlari hamda institutning ichki tartib-qoidalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirgan bo‘lsa, psixolog D.Xolmuminova xotin-qizlar va talaba-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-psixologik yordam xususida to‘xtalib o‘tdi.

Samimiy ruhda va ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilish yakunida “Turli masalalar” doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savol-javoblar o‘tkazilib, bildirilgan takliflar va murojaatlar asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Xotin-qizlar maslahat kengashi yig‘ilishi

Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish