“Talaba – yugur” va “Silk Road Uzbekistan” ommaviy yugurish marafonida 1000 dan ortiq ishtirokchi
Denov tumanida talaba-yoshlarni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun 2026-yil 21-sentabr sanasida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Denov tumanida talaba yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” nomli navbatdagi ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda 1000 nafardan ortiq ko‘ngilli yuguruvchilar 3 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tadbir doirasida marafonga “Namozgoh” mahallasi hududidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutigacha bo‘lgan masofada sportsevar yoshlar, harbiylar marra sari saf tortib, o‘zaro birinchilik uchun imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.






Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)