«Talabalik davrimdagi 1-ko‘chatim» aksiyasi tashkil etildi
2026-yil 19-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-199-son Farmonida belgilangan vazifalar, xususan, yashil hududlarni kengaytirish, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini izchil davom ettirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida «Talabalik davrimdagi 1-ko‘chatim» aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda Pedagogika fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi I.Elmurodova hamda fakultetning tashabbuskor talaba-qizlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida institut hududida turli xil ko‘chatlar ekilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Har bir ekilgan ko‘chat — tabiatga e’tibor, kelajakka sarmoya!


Manba: t.me/dtpi_uz/60359