TTJda talaba-qizlar bilan xavfsizlik va huquqiy savodxonlik bo‘yicha uchrashuv
Joriy yilning 29- may kuni Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 1- Talabalar turar joyida xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova ,profilaktika inspektori S.Suvonova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi P.Normamatovalar ishtirokida talaba qizlar bilan “Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda bugungi kunda xotin-qizlarimiz o‘rtasida ko‘plab uchrayotgan turli jinoyatchiliklar, huquqbuzarliklar, giyohvandlik, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalarda tushunchalar berib o‘tildi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalar haqida ogohlantirildi. Shuningdek, TTJda elektr energiyasidan hamda maishiy texnika vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, ko‘chaga chiqqan paytlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya etib yurishlari lozimligi yana bir bor tushuntirib o‘tildi.

Manba: t.me/dtpi_uz/39507