Xitoyning Kunbo kompaniyasi bilan akademik mobillik va stajirovka rejalashtirildi
DTPIga XXRning “Beijing Kunbo Cultural Tourism Development Co., Ltd.” tashkilotidan Lyu Liyan xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida quyidagi sohalar bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi:
1. DTPI va Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda akademik mobillik, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchi doktorantlarni stajirovka o‘tashlari hamda malaka oshirish trening-kurslarini amalga oshirish;
2. Surxondaryo viloyatida mavjud ishlab chiqarish korxonalarining sanoat va tijorat mahsulotlarini Xitoy bozorida sotish, shuningdek, Xitoy ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini Surxondaryo viloyatida sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
3. DTPI hamda XXR OTM lari bilan o‘zaro hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy, tijoratlashtirish, fundamental loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil etish.
Manba: dtpi.uz