“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri

O‘zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni hal etish, yashil hududlarni ko‘paytirish va tabiiy resurslarni asrash maqsadida bir qator ijtimoiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri – “Yashil makon” umummilliy loyihasidir. Ushbu loyiha doirasida turli soha vakillari, shu jumladan ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Filologiya fakulteti "Rus tili va adabiyoti" kafedrasining o‘qituvchilari ham ushbu loyihaga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlarda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Bu jarayon o‘qituvchilar va talabalar uchun nafaqat ekologik ongni oshirish, balki tabiatga mehr va g‘amxo‘rlikni namoyon etishning ajoyib imkoniyatidir.

DTPI Matbuot xizmati

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri

Manba: t.me/dtpi_uz/35142

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish