Yoshlar forumi doirasida “Yashil makon” loyihasi amalga oshirildi
“Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” forumi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi amalga oshirildi.
Tashabbus doirasida Nukus ko‘chalarida manzarali daraxtlar va turli xil gul ko‘chatlari ekilib, hududning obodonligi va ko‘rkamligini oshirishga hissa qo‘shildi.
Mazkur ezgu tashabbus yoshlarni tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga chorlaydi.
Yashil va obod muhit — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!



Manba: t.me/dtpi_uz/60169