Zamonaviy bilimlar amaliyot orqali mustahkamlanmoqda

Zamonaviy bilimlar amaliyot orqali mustahkamlanmoqda

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-bosqich Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot” fanidan auditoriyadan tashqari amaliy mashg‘ulot doirasida Denov "Eco-bog’"iga tashrif buyurishdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar turli daraxt va o‘simlik turlari bilan yaqindan tanishib, ularning biologik xususiyatlari hamda tabiatdagi o‘rni haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.

Dotsent D. Sodiqova rahbarligida olib borilgan kuzatuvlar orqali ekologik muvozanatni saqlash, atrof-muhitni asrash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligi chuqur anglab yetildi. Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalarga tabiatni muhofaza qilishning asosiy qoidalari — o‘simliklarga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni tashlamaslik va yashil hududlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi muhim jihatlar tushuntirildi.

Zamonaviy bilimlar amaliyot orqali mustahkamlanmoqda

Zamonaviy bilimlar amaliyot orqali mustahkamlanmoqda

Manba: t.me/dtpi_uz/54713

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish